Davlat tomonidan tartibga solish
675 ta material
SiyosatKimyo va biologiya bo‘yicha milliy sertifikatga ega o‘quvchilar OTMga kirishda testdan ozod bo‘ladi
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev: Odamlarning daromadini oshirish sanoat rivoji bilan chambarchas bog‘liq
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda sanoat mahsuloti hajmi 167 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan 1,9 foizga kamaygan.
Siyosat15 avgustdan avtotransport vositalarining kuni bilan yurishiga va 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berildi
12 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida karantin choralarini bosqichma-bosqich yengillashtirish zarurligi aytib o‘tildi. Bir qancha tarmoqlar 15 avgustdan ishga tusha boshlaydi.
JamiyatMehnat vazirligi: Mansabdorlarning 3886 nafariga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi
Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha joriy yilning 6 oy davomida 8 554ta korxonada 21 455ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
SiyosatJahon banki 30 yil muddatga shartlar asosida 500 mln dollar mablag‘ ajratadi
Prezident qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qaror bilan Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yo‘nalishlari, mablag‘dan foydalanish sxemasi va tartiblari belgilab berilgan.
JamiyatSo‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi
Prezident qarori bilan So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.
SiyosatO‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi qayd etildi
Fuqarolarimizning chet elda huquqlarini himoya qilish, ularga tegishli yordam va yuqori sifatli konsullik xizmatlarini ko‘rsatishning amaldagi tartibi qattiq tanqid qilinmoqda.
SiyosatSenat tomonidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi (yangi tahrirda)
Qonunning qabul qilinishi ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvatlash va ularning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirishni mustahkamlaydi.
SiyosatSenat tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi (yangi tahrirda)
Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.
SiyosatSenatning oltinchi yalpi majlisida 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish bo‘yicha taklif
Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisida Mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlari bilan ijro organlarining 108 nafar rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, jumladan, 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar kiritildi.
SiyosatOTMlarga kirish imtihonlari stadionlarda o‘tkaziladi
Yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligini, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga cho‘zilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etiladi.
SiyosatPrezident huzurida Jahon banki kredit mablag‘lari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi. Kredit mablag‘ining 65 million dollari evaziga zamonaviy agrologistika markazlari va komplekslarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Jamiyat«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi "tonirovka" uchun to‘lovni bekor qilishni taklif qildi
«Milliy tiklanish» partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va partiyaning Mirzo Ulug‘bek viloyatidagi xalq deputatlari Kengashidagi deputatlik guruhi Vazirlar Mahkamasiga ushbu masala bo‘yicha taklif yubordi.
JamiyatO‘zbekistonda yo‘l qoidalarini buzgan xorijlik transport egalari jarimani qayerga to‘laydi?
“Yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
SiyosatPrezident Jamshid Qo‘chqorov va Sardor Umurzoqov zimmasiga mas’uliyatli vazifa yukladi
Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev Toshkent va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi (+foto)
Poytaxtdan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 8371 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
JamiyatKarantindan keyin ham to‘ylarni 30 kishi bilan o‘tkazish taklifi ilgari surildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga to‘ylarni karantindan keyin ham 30 kishi bilan o‘tkazish taklifi kiritildi. Muallif “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan to‘ylarga 200 kishidan ortiq mehmon chaqirmaslik haqidagi qoidani “30 kishilik” deb o‘zgartirishni so‘ramoqda.
SiyosatO‘zbekistonda Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi
Yagona ijtimoiy reyestr orqali barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida beriladi.
SiyosatEhtiyojmand oilalarga 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlar oson va qulay tarzda taqdim etiladi
2021 yil 1 yanvardan boshlab, kam ta’minlangan oila maqomini olish uchun fuqarolardan hozirgidek 12 ta idoradan 30 dan ziyod ma’lumotlar talab qilinmaydi.
SiyosatPrezident Behzod Musayevga bir hafta muddatda vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishida Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaksina ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilinayotgani haqida gapirdi va Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘i berildi.
