Jamiyat

"Superkontrakt" miqdorlari tasdiqlandi
"Superkontrakt" narxlari oldingi yillardan arzonlashtirilgan. Juda ko‘p yo‘nalishlarda oddiy kontraktning 8 baravari etib tayinlangan.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi
Ushbu kompensatsiyalar turizm sohasi sub’yektlarining kreditlari soni va hajmidan, shuningdek, oldin berilgan va (yoki) berilayotgan kompensatsiyalar sonidan qat’i nazar ajratiladi.

Sirdaryoda koronavirusdan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish markazida kislorod baloni yorilib ketdi
FVV Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma’lumotni taqdim etdi. Markazdagi barcha fuqarolar xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi
2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Ekologiyani muhofaza qilish organlari inspektorining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar 1 mln 115 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek, uning ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Sayyor qabullar: E’tibor markazida Toshkent viloyati
Sayyor qabullar Toshkent viloyatining Bekobod, Olmaliq, Yangiyo‘l, Angren, Ohangaron, Chirchiq, Nurafshon shaharlari hamda Zangiota va Bo‘stonliq tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda issiqlik ta’minotiga haq to‘lash tartibi o‘zgartiriladi
Isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 so‘m miqdorida belgilandi.

Kimlarga un va qolipli non xarid qilish uchun oylik kompensatsiya to‘lanadi?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrda qabul qilingan “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ayrim toifa shaxslarga un va qolipli non xarid qilishlari uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.

Qoraqalpog‘istondagi sayyor qabulning dastlabki kuni 132 murojaat ijobiy hal etildi
Murojaatlarda asosan fuqarolik olish, biometrik pasport rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari ko‘tarildi.

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlarining ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga qo‘shgan hissasi Dushanbe shahrida muhokama qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, «Ma’no» markazi, JIDU, Toshkent davlat madaniyat va san’at instituti, Davlat konservatoriyasining yetakchi mutaxassislaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Bolalar bog‘chalarida birinchi katta guruhlar ochiladi
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning ma’lum qilishicha, birinchi o‘rinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. MTTlarga yozilish uchun elektron navbat noyabr oyidan erta davom ettiriladi.

Xorij jurnalida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risida maqola chop etildi
“QS EECA reytingidan joy olgan O‘zbekistonning yagona instituti” sarlavhasi ostida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining erishayotgan natijalari yoritilgan.

Qo‘lda terilgan paxta uchun to‘lanadagan haq miqdori ma’lum qilindi
Ta’lim, sog‘liqni saqlash tashkilotlari va boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini hamda ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari paxta terimiga jalb qilinmaydi. Buning uchun Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari shaxsan mas’ul etib tayinlangan.

O‘zbekistonda rasman qo‘sh familiyalikka ruxsat berildi
Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova bo‘lsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bo‘lishi mumkin.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi: Aholi ayrim uyali aloqa operatorlari borligi haqida hatto bexabar
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekistondagi aloqa operatorlari xizmatlari sifatini o‘rgangan chog‘ida ayrim viloyatlardagi holatlar qoniqarsiz ekanligi aniqlandi. Xorazm viloyati misolida aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda viloyatda 479 ta mahalla mavjud. Ularning 196 ta hudud aholisi Mobiuz aloqa kompaniyasi haqida hatto bilishmaydi, qolgan 237 ta mahallada qoniqarli holatda.

Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?
Ilgari 7-10 ish kuni ichida ko‘chmas mulk ob’yektlariga kadastr pasportlari berilgan bo‘lsa, endi 3-5 ish kunida kadastr pasportlarini olish mumkin.

O‘zbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingida keskin yuqoriladi
O‘zbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingining 1-o‘rinida Shveysariya o‘rin olgan. O‘zbekiston 30 pog‘ona yuqorilab, 93-o‘rinni egalladi.

2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida bog‘chalarda aniqlangan yirik moliyaviy qonunbuzarliklar
Respublika bo‘yicha bog‘chalarda eng yirik moliyaviy qonunbuzarliklar Samarqand viloyatida, eng kam miqdorda moliyaviy qonunbuzarliklar Sirdaryo viloyatida kuzatildi.

Bolalar bog‘chalari faoliyatiga 5 sentyabrdan ruxsat berildi
Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan bog‘chalar o‘z faoliyatini tiklaydi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar ochildi
1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar ochilib, o‘zgarishlar doirasida quyidagi tartib joriy etildi.

Hukumat qarori bilan Qarshi tumanida ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanadi
Qaror bilan tumandagi har bir mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxati shakllantiriladi.

Umid Aliyev: Kambag‘allik qopqonidan chiqarish uchun ijtimoiy nafaqalarni 18 yoshgacha doimiy to‘lab borish zarur (video)
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi bo‘yicha qarori yuzasidan “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan ko‘rsatuvda YuNISEF tashkiloti eksperti Umid Aliyev inson kapitalini rivojlantirish va kambag‘allikdan chiqish uchun ijtimoiy nafaqalarni doimiy ravishda amalga oshirib borish to‘g‘risida tashkilot tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan tanishtirdi.

Ikkita ro‘yxatda bo‘lgan bolalarga moddiy yordam qanday to‘lanadi (video)
Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari Dilshod Sultanov 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘lanadigan bir martalik 500 ming so‘m yordam puli kimlarga va qay tarzda to‘lanishi xususida "O‘zbekiston 24" telekanalida batafsil ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi bo‘yicha qarori yuzasidan mutaxassislarning fikr-mulohazalari (video)
27 avgust kuni “O‘zbekiston 24” telekanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mutaxassislar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.