14-oktabr, chorshanba08:54Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingida keskin yuqoriladi

O‘zbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingining 1-o‘rinida Shveysariya o‘rin olgan. O‘zbekiston 30 pog‘ona yuqorilab, 93-o‘rinni egalladi.

1 daqiqa o'qish64 marta o'qildi

Global innovatsion indeks-2020 (GII) reytingida O‘zbekiston 93-pog‘onadan o‘rin oldi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi besh yil davomida respublika GIIga ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi sababli kiritilmagan.

2020 yilda 80 ta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lgan Global innovatsion indeks reytingida O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida Institutsional rivojlanish (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infrastruktura (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yo‘nalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini ko‘rish mumkin. Reytingda Shveysariya 1-o‘rinni egallagan. Rossiya – 47-o‘rin, Qozog‘iston – 77-o‘rin, Qirg‘iziston – 94-o‘rin, Tojikiston – 109-o‘rinda keltirilgan.

Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan so‘rovnomalar va 61 ta ko‘rsatkichlarga tegishli miqdoriy statistik ma’lumotlardan tashkil topgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi