14-oktabr, chorshanba08:53Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Bolalar bog‘chalari faoliyatiga 5 sentyabrdan ruxsat berildi

Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan bog‘chalar o‘z faoliyatini tiklaydi.

1 daqiqa o'qish34 marta o'qildi

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

2020 yil 5 sentyabrdan boshlab:

Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining an’anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga.

Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

  • xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37⁰S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg‘ulotlar chetlatish;
  • xodimlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
  • sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi