16-oktabr, juma03:27Toshkent +18°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD12 011,65▲ 48,49EUR13 462,66▲ 72,30RUB143,17▲ 0,84CNY1 795,17▲ 7,70GBP15 911,83▲ 41,50JPY76,05▲ 0,55KRW8,93▼ 0,02CHF14 466,64▲ 108,55KZT26,51▲ 0,04
Jamiyat

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar ochildi

1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar ochilib, o‘zgarishlar doirasida quyidagi tartib joriy etildi.

1 daqiqa o'qish195 marta o'qildi

1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda bekor qilindi.

Ushbu o‘zgarishlar doirasida quyidagi tartib joriy etilgan:

  • oxirgi 14 kun Qirg‘izistonda bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;
  • Qirg‘izistonga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi;
  • qolgan barcha vaziyatlarda O‘zbekistonga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi