14-oktabr, chorshanba13:13Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Sirdaryoda koronavirusdan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish markazida kislorod baloni yorilib ketdi

FVV Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma’lumotni taqdim etdi. Markazdagi barcha fuqarolar xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

1 daqiqa o'qish136 marta o'qildi

Bugun 7 oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib, bir nafar fuqaroga tan jarohati yetgan.

"Ta’kidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan", deyiladi xabarda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi