14-oktabr, chorshanba08:54Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Toshkentda issiqlik ta’minotiga haq to‘lash tartibi o‘zgartiriladi

Isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 so‘m miqdorida belgilandi.

1 daqiqa o'qish51 marta o'qildi

Toshkent shahrida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” matbuot xizmati xabar qildi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

“2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun hisob-kitob to‘lov tizimiga o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 so‘m miqdorida belgilandi.

Isitish mavsumining boshlanishi Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Qolgan tariflar avvalgi darajada qoladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi