Barcha yangiliklar

Ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi
Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.

Qodiriya GES modernizatsiyasi: gidroenergetik quvvatlarni oshirish sari
29 iyul kuni Chirchiq-Bo‘zsuv suv-energetik traktidagi “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Qodiriya GES (GES-3) da olib borilgan modernizatsiya jarayonlari yakunlari hamda ushbu GESning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilandi
Kredit tashkilotlari iste’molchilarga o‘z xizmatlari uchun naqd yoki naqdsiz shaklda haq to‘lash huquqini cheklashga haqli emas.

Qanday hollarda YPX xodimi tomonidan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi?
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi faqat sud tomonidan qo‘llaniladi.

AOKAga yangi rahbar tayinlandi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Prezident Qarori bilan Asadjon Xo‘jayev rahbar etib tayinlandi. Asadjon Xo‘jayev 2017 yilda bir oz muddat Prezident matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishlagan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: Uzauto Motors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgan
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, ta’lim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi
Ushbu robot imkoniyati cheklangan insonlar uchun ish o‘rinlarining ko‘payishiga ham xizmat qiladi. Yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda o‘z hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda ko‘makchi sifatida ishlatish mumkin. Uning yana bir qancha qo‘shimcha funksiyalari hamda narxi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

O‘zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko‘p oylik olishi ma’lum bo‘ldi
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eng kam oylik ish haqi sog‘liqni saqlash sohasida bo‘lsa, eng yuqorisi bank va IT sohalarida bo‘ldi.

Jasur Qarshiboyev: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun $1 mlrd. ko‘proq mablag‘ oldi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toshkent filiali ochilmoqda
Filialda hozircha ikkita yo‘nalish mavjud – elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish hamda xalqaro biznes va tadbirkorlik. Kirish imtihoni 15 avgust kuniga mo‘ljallangan.

Markaziy bank Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan ikkita bitimni imzoladi
XMK bilan birgalikda keng ommaga yetkazish uchun moliyaviy savodxonlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ommabop o‘quv materiallari ishlab chiqiladi.

Tadbirkorlarga “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar beriladi
1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi

Toshkentning qoq markazida joylashgan “O‘zbekenergo” AJ binosi sotuvga qo‘yildi
Sotuvga qo‘yilgan bino o‘rnida mehmonxona va savdo majmuasi qurilishi ko‘zda tutilgan.

Tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda ishlaydi
Karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha bo‘lgan muddatga vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinadi.

Bemorlarni saralash, evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi
Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam ko‘rsatishning tegishli tartibi joriy qilinadi.

Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi
Aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olinib, tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali yuboriladi.

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, o‘z vaqtida haq to‘lash zarurligini aytdi
Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash milliy tizimini qo‘llab-quvvatlash, jalb qilinayotgan tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, o‘z vaqtida haq to‘lash, ularni zarur yakka tartibdagi himoya vositalari, oziq-ovqat va yotoq bilan ta’minlash zarurligi qayd etdi.

O‘zbekistonda COVID-19 bor yo‘qligini aniqlaydigan test ishlab chiqildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida 100 ming dona test tizimini o‘z ichiga olgan navbatdagi partiya tayyorlandi.

"Jizzax" va "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘z mahsulotlarini birja orqali sotishadi
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi "Jizzax" va "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonalarining Direksiyalari bilan memorandumlar imzoladi.

Korrupsion va yashirin faoliyatga mukkasidan ketgan noinsof tadbirkorlarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi
27 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlarni qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bosh prokuratura «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablarini aniqladi
30 kishilik komissiya tekshiruvidan so‘ng «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi.

Dollarning rasmiy kursi pastladi
Markaziy bank 28 iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada yevro, rubl ko‘tarildi, dollar kunsi esa ketma-ket ko‘tarilishlardan so‘ng 2,70 so‘mga pastladi.

O‘zbekistonda sotuvga chiqariladigan Volkswagen Caddy avtomobillari narxi e’lon qilindi
Avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada taklif etiladi.

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston fuqarolarining real daromadlari haqida ma’lumot berdi
Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda, narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyasiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri — iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi.