Barcha yangiliklar

Prezident Behzod Musayevga bir hafta muddatda vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishida Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaksina ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilinayotgani haqida gapirdi va Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘i berildi.

O‘zbekiston va Rossiya Markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Ikki mamlakat Markaziy banklari kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi.

11 ta bank kredit ta’tillarini 1 oktyabrgacha uzaytirdi
O‘zbekistonda 11 ta bank kredit ta’tillarini 1 oktyabrga qadar uzaytirgan bo‘lsa, qolgan banklar iyul-avgust oyidan boshlab kredit ta’tillari muddatini tugatgan. Quyida kredit ta’tillari muddatini uzaytirgan banklar ro‘yxati keltirilgan.

Markaziy bank: To‘lov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligini ta’minlash talablari belgilandi
Markaziy bankining “To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Nizomi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Turkiya bilan 39 ta bitim imzoladi
Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Turkiya Respublikasiga amaliy tashrif bilan bordi. Tashrif chog‘ida Bursa Ulug‘dag‘ universitetining Marg‘ilon shahrida filialini ochish, “Farg‘ona-Istanbul”, “Farg‘ona-Antaliya» va boshqa yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligi haqida gapirdi
Aziz Abduhakimov fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay to‘g‘ri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini ta’kidladi.

Tovar-xom ashyo birjasi o‘tgan haftada sotilgan paxta yog‘i, shakar va benzin narxlari haqida ma’lumot berdi
27 iyul – 2 avgust kunlari ochiq birja savdolari orqali jami 707,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishilgan.

Pandemiya davrida Surxondaryodan 24,2 million AQSh dollarlik loviya eksport qilindi
Eksport qilingan loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afg‘oniston davlatlari hisoblanadi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi
Xalqaro tashkilotlardan ham Qirg‘izistonga qiymati 9 million so‘mlik shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun materiallar yetkazib bergan.

OTB sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun O‘zbekistonga 100 million dollar ajratadi
Ajratilgan mablag‘dan COVID-19ga qarshi samarali javob berish va test o‘tkazish tizimlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Markaziy bank: Ikkilamchi bozordan uy sotib olish yoki uy-joyni ta’mirlash uchun ipoteka krediti beriladi
Markaziy bank Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari bilan hamkorlikda Nizom ishlab chiqdi. Nizomda Ipoteka kreditini rasmiylashtirishning barcha bosqichlari, ya’ni bank tomonidan mijozga kerakli maslahatlar berishdan tortib, kreditning yopilishigacha bo‘lgan jarayon batafsil aks ettirilgan.

Turkiyada "Jaloliddin Manguberdi" serialining suratga olish ishlari boshlandi (+foto)
Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim gavdalantiradi. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar ham rol ijro etishadi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
Institutning xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan professor-o‘qituvchilari oylik maoshlariga 10 foiz ustama belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistraturada o‘qish muddatini 1 yil etib belgilandi
“Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi joriy etiladi hamda Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha masofaviy ta’lim olish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

Buxoroda "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga jami 10 milliard so‘m tarqatildi
Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilaning 50 ming nafar a’zosi uchun ajratilgan 200 ming so‘mdan, jami 10 mlrd. so‘m pul mablag‘lar egalariga berildi.

Iyul oyining so‘nggi haftasida pastlagan dollar kursi avgust oyida yana ko‘tarildi
Markaziy bank 4 avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro ko‘tarildi.

Eng qimmat palov Toshkent shahrida qayd etildi
Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatimiz bo‘yicha palov narxlarini e’lon qildi.

Microsoft TikTok ijtimoiy tarmog‘ini sotib olishga urinyapti
TikTok ilovasi 2017 yili yaratilgan. Undan asosan o‘smirlar faol foydalanadi.

Qishloq xo‘jaligida 23 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi
Tarmoqni rivojlantirish uchun joriy yilning iyul holatida 1 128 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 7,4 ming fermer xo‘jaligida ko‘p tarmoqlilik yo‘lga qo‘yildi.

Prezident: Musa Yerniyazov qahramon, xalqning qahramon rahbari edi (foto)
Nukus shahrida O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. Musa Yerniyazov ulkan rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongani ta’kidlandi.

Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionatining milliy bosqichida ishtirok eting
Musobaqa ishtirokchilari EWC tanlovi ko‘magida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ustozlik darslarida qatnashish, biznes aloqalarini kengaytirish, loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto)
Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

O‘zbekistonlik talabalari Xalqaro matematika olimpiadasida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi
Yurtimiz talabalari Xalqaro matematika olimpiadasida (IMC- International Mathematical Competition) 2 ta oltin medal, 5 ta kumush medal, 3 ta bronza medal va 4 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritdi.

Prezident farmoni: 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
Prezident farmoniga binoan 1 sentyabrdan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m etib belgilandi.