Dollarning rasmiy kursi pastladi
Markaziy bank 28 iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada yevro, rubl ko‘tarildi, dollar kunsi esa ketma-ket ko‘tarilishlardan so‘ng 2,70 so‘mga pastladi.

Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 2,70 so‘mga pastlab, 10 207,69 so‘mni tashkil qildi. Yevro 229,65 so‘mga ko‘tarilib, 11 896,04 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyuldan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 15,39 so‘mga ko‘tarilib, 10 210,39 so‘mni tashkil qilgan edi.



