14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Markaziy bank Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan ikkita bitimni imzoladi

XMK bilan birgalikda keng ommaga yetkazish uchun moliyaviy savodxonlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ommabop o‘quv materiallari ishlab chiqiladi.

1 daqiqa o'qish53 marta o'qildi

Markaziy bank Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan elektron va raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishda tartibga solish muhitini yaxshilash, moliyaviy savodxonlikni oshirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ikkita bitimni imzoladi.

Ushbu loyihalar aholi uchun moliyaviy xizmatlarni ommalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

XMK ekspertlari elektron va raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda, shu jumladan, masofadan xizmat ko‘rsatish va moliyaviy xizmatlarni taqdim etish, mijozlarni masofadan identifikatsiya qilish tamoyillarini joriy etish, kredit tashkilotlarining bank to‘lov agentlarini jalb qilish, to‘lov tizimlarini tartibga solish hujjatlarisiz sinash imkoniyatini beruvchi maxsus huquqiy rejimini yaratishda amaliy yordam berishi ko‘zda tutilgan.

XMK Markaziy bankka aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yo‘nalishida respublika tijorat banklarida o‘z mijozlariga ma’suliyat bilan qarz olish, byudjetni rejalashtirish va mas’uliyati jamg‘arish hamda pul mablag‘larini boshqarish tamoyillari, shuningdek, raqamli moliyaviy savodxonlik bilan bog‘liq masalalarda maslahat berish qobiliyatiga ega (ta’lim bera oladigan) murabbiylarni tayyorlashda ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, XMK bilan birgalikda keng ommaga yetkazish uchun moliyaviy savodxonlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ommabop o‘quv materiallari ishlab chiqiladi.

Markaziy bank moliyaviy ommaboplikni, raqamli moliyaviy xizmatlar va moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi