# Ўзбекистон

Respublika maxsus komissiyasi axboroti: Toshkent shahri va viloyat markazlarida avtomobillar harakati to‘xtatiladi
30 mart soat 06:00 dan boshlab Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida avtomobillarning harkatlanishi to‘xtatiladi.

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor vafot etdi
Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor bugun, 24 mart kuni miokard infarktidan vafot etdi. U Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Toshkentda 5 kun ichida koronavirusni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalar quriladi (video)
Toshkentning uchta hududida karantinga mo‘ljallangan kasalxonalarni qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari ushbu kasalxonalarni 5 kun muddat ichida bitkazish rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qildi.

Infografika: O‘zbekistonning 2020 yilning yanvar-fevral oylaridagi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlariga eksportni oshiradi va importni kamaytiradi.

O‘zbekistonda kasallik aniqlangan ilk bemor haqida ma’lumot berdi
Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni o‘z xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgani haqida va bu o‘rinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Toshkent shahri va viloyatlarda maxsus karantin ob’yektlari quriladi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish maqsadida maxsus karantin ob’yektlari quriladi.

Karantin vaqtida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa uzib qo‘yilmaydi
23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun o‘chirib qo‘yilmasligi keltirilgan. Shuningdek, xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqarish belgilangan.

O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish ko‘paydi
O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,9 foizga ko‘p yengil avtomobillar import qildi.

Tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya talab etilmaydi
Aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya kerak bo‘lmaydi.

Prezident O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
160 dan ortiq mamlakatga tarqalgan koronavirus infeksiyasi tufayli O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini mamlakatga olib kelish uchun charter reyslarni amalga oshiradi. O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish 21 martdan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida ko‘tarildi va 38 o‘rinni egalladi
Gallup tomonidan an’anaviy ravishda e’lon qilinadigan World Happiness Report 2020 reytingida O‘zbekiston 153 ta mamlakat orasida 38-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston MDHga a’zo davlatlar orasida yetakchilikni saqlab turibdi.

23 martdan boshlab O‘zbekistonda to‘y va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi
O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar va shunga o‘xshash ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi. Bundan tashqari bir qancha ob’yektlar va xizmat faoliyatlari to‘xtatiladi.

O‘zbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan
Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan, ularning 7 ming nafariga ruxsat berib yuborilgan.

Fransiyada bo‘lib qaytgan ayolning yaqinlarida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda ilk koronavirus yuqtirgan ayolning yana 3 ta yaqinida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda ushbu virusni yuqtirganlar soni ortdi.

"Raqamli iqtisodiyot" bo‘yicha yana bir muhim hujjat imzolandi
Hujjatga ko‘ra, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturining asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’yektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi.

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar yana ikki nafarga ko‘paydi
Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaromizning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yilgi “Iqtisodiy erkinlik” indeksidagi o‘rni ko‘tarildi
“The Heritage Foundation”nufuzli iqtisodiy tahlil markazi tomonidan 180 ta davlatning “Iqtisodiy erkinlik” indeksi 1995 yildan buyon tahlil qilinadi. Indeksning 2020 yil uchun hisobotida O‘zbekiston 57,2 ball bilan o‘z o‘rnini ko‘targan.

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun ta’sir ko‘rsatmaydi
16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi
SSV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni to‘rt nafarga yetgan. Ularning ikki nafari sayohatdan kelgan o‘zbekistonlik ayolning farzandi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi
15 mart kuni ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. U Fransiyada bo‘lib qaytgan.

Dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ochiladi
15-25 mart kunlari dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ish boshlaydi. Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan mahsulotlar savdoga chiqariladi.

1995 yilga qadar O‘zbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi
Chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar o‘z istaklari bilan O‘zbekiston fuqaroligini olishi mumkin.

Navro‘zda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.