20.11.2026 | Toshkent | 16:49
UZ
Malibu•••
IMOEX 2 361,82 −2,31% ↓RTSI 908,15 −2,31% ↓RGBI 110,77 −0,44% ↓RGBITR 772,71 −0,39% ↓CNY Бирж. 12,28 +0,57% ↑UTAR 8,52 −3,18% ↓NKNC 45,70 −3,38% ↓USD/UZS 11 971,64 −8,72 ↓EUR/UZS 13 160,42 +26,35 ↑RUB/UZS 146,33 +0,71 ↑

Biznes

202 ta material

Texnologiyalar

Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga birinchi litsenziya berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligidan ma’lum qilishlaricha, kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya Koreyaning “Kobea Group” kompaniyasiga berildi.

Jamiyat

Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan (1023-son, 20.12.2019 y.) Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Iqtisodiyot va biznes

«O‘zbekneftgaz» va Janubiy Koreya kompaniyasi laboratoriya tashkil etdi

Janubiy Koreya kompaniyasi birlan hamkorlikda neft-gaz sohasida quvurlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona laboratoriya tashkil etildi.

Iqtisodiyot va biznes

​So‘rovda qatnashing - O‘zbekistondagi biznes muhitni yaxshilashga yordam bering

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tadbirkorlar orasida anonim tarzda so‘rov o‘tkazmoqda.

Iqtisodiyot va biznes

O‘zmilliybank va «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) 953 milliard so‘m miqdorida bitim imzoladi

2019 yilning 14 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy banki «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) investitsiya kompaniyasi bilan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada 953 milliard so‘m (100 million AQSh dollari ekvivalenti) miqdorida mablag‘ jalb qilish uchun kelishuv imzoladi.

Jamiyat

O‘rta biznesga QQS bo‘yicha imtiyoz taqdim etilmaydi

Ilgari xabar qilganimizdek, QHTBT portalida Prezidentning «O‘rta biznesni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilingan edi. Shu kunlar ichida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda Soliq kodeksining yangi tahririga ko‘ra tuzatish kiritilgan loyiha portalda e’lon qilindi.

Jamiyat

“Amirsoy” zamonaviy tog‘-chang‘i kurorti ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, “PGI management” kompaniyasi (Andorra) direktori Tomas Tor-Yensen va “Amirsoy” MChJ QK bosh direktori o‘rinbosari Valeriy Kim ishtirok etishdi

Iqtisodiyot va biznes

Elite World Hotels kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi binosi negizida 5 yulduzli mehmonxona yaratish taklifini berdi

16 dekabr kuni Istanbulda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi killari mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanuvchi Turkiyaning Elite World Hotels kompaniyasi Boshqaruvi kengashi raisi Jo‘shqun Elik (Coşkun Elik) bilan uchrashishdi.

Iqtisodiyot va biznes

Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalari O‘zbekiston avtomobilsozlik sohasiga investitsiya kiritmoqda

16 dekabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Yaponiyaning 500 dan ortiq kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Iqtisodiyot va biznes

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun to‘lovlar kamaytirilmoqda

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summalari tasdiqlandi.

Texnologiyalar

LBMA suv va mineral o‘g‘itlarni berishning moslashuvchan intellektual tizimini ishga tushirdi

Toshkent viloyatida «Skolkovo» (Rossiya) rezidenti «AIST» kompaniyasi vakillari tomonidan suv va mineral o‘g‘itlarni berishning moslashuvchan intellektual tizimi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Parkent tumanida ajratilgan yer uchastkasida namoyish etildi.

Iqtisodiyot va biznes

Qurilish sohasiga oid islohotlar

Prezidentimizning PQ-4525-sonli qarorida qurilish uchun ruxsatnomalar berish, elektr ta’minoti tizimiga ulanish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit berish hamda to‘lovga qobiliyatsizlikni hal etish yo‘nalishlaridagi islohotlarning amaliyotga tatbiq etilishi yetarli emasligi natijasida “Biznes yuritish” yillik hisoboti tegishli indikatorlari bo‘yicha mamlakatning reytingdagi o‘rni pastligicha qolayotganligi qayd etib o‘tilgan.

Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida parvozlar tiklanadi

9 dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi «Tehron-Toshkent-Tehron» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Iqtisodiyot va biznes

Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

So‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Turizm sohasini iqtisodiyotning lokomotiviga aylantirish maqsad qilingan.

Iqtisodiyot va biznes

Davlat xaridlari tizimi takomillashadi

«Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Iqtisodiyot va biznes

20 ming kub tabiiy gaz aholi iste’moli uchun yo‘naltirildi

Toshkent viloyati Qibray tumanida aholi iste’moli uchun yo‘naltirilgan tabiiy gazdan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan noqonuniy ravishda olinayotgan 20 ming kub gaz to‘xtatilib, aholiga yo‘naltirildi.

Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistonda paxta hosilining 70% dan ortig‘i paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan yig‘ib olindi

Joriy yilning 3 dekabr kuni “Poytaxt” biznes markazida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2020 yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Jamiyat

3000 dan ortiq tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar beriladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 20.11.2019 yildagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 919-son qarorida nazarda tutilgan.

Iqtisodiyot va biznes

Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi

“Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 2532-1, 03.12.2019 y.).

Iqtisodiyot va biznes

Forbes O‘zbekistonda ham nashr etiladi

Qozog‘istonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali chop etilishini ma’lum qildi. Ilk sonning mart oyida nashr etilishi kutilmoqda.

davaktiv.uze-auksion.uzSOS 24
UZ