14-oktabr, chorshanba13:04Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida parvozlar tiklanadi

9 dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi «Tehron-Toshkent-Tehron» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

1 daqiqa o'qish325 marta o'qildi

9 dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi «Tehron-Toshkent-Tehron» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.

Dastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyida Transport vazirligi Eron Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyatining «Zagros Airlines» aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvchi aviakorxona sifatida tayinlash to‘g‘risidagi xabarnomasiga, shuningdek, 2001 yil 17 avgustdagi Havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, «Tehron-Toshkent-Tehron» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Eron aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi