14-oktabr, chorshanba10:42Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

«O‘zbekneftgaz» va Janubiy Koreya kompaniyasi laboratoriya tashkil etdi

Janubiy Koreya kompaniyasi birlan hamkorlikda neft-gaz sohasida quvurlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona laboratoriya tashkil etildi.

1 daqiqa o'qish203 marta o'qildi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tarkibidagi «O‘zLITIneftgaz» loyiha kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning Daesan NDE va Samyoung Material Inspection Technology kompaniyalari O‘zbekiston neft-gaz sohasida qvurlardagi nuqsonlarni aniqlashga imkon beruvchi nazorat laboratoriyasi tashkil etildi, deya xabar qildi «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati.

«O‘zbekneftgaz» ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada yagona bo‘lgan mazkur tajribaxonani tashkil qilishdan maqsad — neft va gaz tarmog‘idagi quvurlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning yuqori sifatini ta’minlash va yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Shuningdek, laboratoriyada texnologik tizimlardan foydalanish jarayonini samarali nazorat qilish va izdan chiqish holatlarining oldini olishga qaratilgan oxirgi ishlanmalar bo‘yicha o‘zbek mutaxassislariga saboq beriladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi