16-oktabr, juma00:41Toshkent +18°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 963,16▲ 49,81EUR13 390,36▲ 61,70RUB142,33▼ 0,06CNY1 787,47▲ 7,71GBP15 870,33▲ 91,10JPY75,50▲ 0,18KRW8,95▲ 0,06CHF14 358,09▲ 46,04KZT26,47▼ 0,04
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston 4,4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Statistika qo‘mitasi tashqi savdo bo‘yicha 11 oylik statistikani e’lon qildi.

1 daqiqa o'qish223 marta o'qildi

Statistika qo‘mitasi tashqi savdo bo‘yicha 11 oylik statistikani e’lon qildi. O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,8 baravarga oshirdi.

2019 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 4,4 milliard dollarlik oltin eksport qildi.

Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,3 foizni tashkil etdi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi