14-oktabr, chorshanba08:08Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

So‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Turizm sohasini iqtisodiyotning lokomotiviga aylantirish maqsad qilingan.

1 daqiqa o'qish370 marta o'qildi

So‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Turizm sohasini iqtisodiyotning lokomotiviga aylantirish maqsad qilingan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (DUK) ham soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shish yo‘lida qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, sohadagi yangi davlat standartlarini ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish, axborot texnologiyalarini joriy qilish, tadbirkorlik sub’yektlari uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida seminar va treninglar tashkil qilish shular jumlasidandir.

Amalga oshirilgan loyihalardan yana biri - mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yangi ishga kirgan, sohada tajribaga ega bo‘lmagan xodimlarning kasb malakasini shakllantirishga yo‘naltirilgan mobil ilova.

Mobil ilovada joylashtirish vositalari (masalan, mehmonxonalar)ga tashrif buyuruvchi sayyohlar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi kasblar o‘rin olgan, bular - kutib olish va joylashtirish xizamati, xonalarni tozalash xizmati, konserj, shveysar, ofitsiant, qo‘riqlash xizmati, barmen.

Yangi mobil ilova o‘zbek va rus tillarida, matn va audio shaklida, android platformasida ishlab chiqilgan. Foydalanuvchilar kasblari haqida nafaqat o‘qib, balki tinglagan holda ham bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin.

Mazkur mobil ilovadan foydalanishni istaganlar uni “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK veb-saytidan (tourquality.uz) yuklab olishi mumkin.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi