Jamiyat

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida Samarqand davlat universiteti jamoasi ham faollik ko‘rsatmoqda
Samarqand davlat universiteti jamoasi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar evaziga ishlab topilgan mablag‘lar hisobidan Samarqand shahridagi yigirmadan ziyod mahallalarda istiqomat qiluvchi oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.

Sardobadagi suv toshqinida ikki nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan
1 may kuni Sardoba suv omboridan suv chiqishi oqibatida toshqin yuzaga kelgan. Tezkor guruhi tarkibi evakuatsiya qutqaruv ishlariga jalb qilingan

FVV: Zararlangan hududlarda to‘plangan 70 ta uy hayvoni ko‘mildi
Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlarida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilyapti. Ayni vaqtda Oqoltin tumanidagi “Ahillik”, “Qo‘rg‘ontepa” va “Sardoba” qishloqlari va Mirzaobod tumanidagi “Baliqchilik" qishlog‘i dezinfeksiya qilinmoqda.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlarda yer ajratiladi
Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarida ishtirok etadigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oila parranda boqqan davri uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha 500 ming so‘mdan rag‘batlantiriladi.

Ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari oshirildi
Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.

FVV: Sardobadagi suv oqimi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirildi
Evakuatsiya qilingan aholi uchun niqob, antiseptik vosita va qo‘lqoplar tarqatildi. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.

FVV Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
Sardoba tumanidan 11598 nafar aholi evakuatsiya qilingan. Suv bosish xavfi bo‘lgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan ham aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Voqea joyiga respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borgan.

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida aholi evakuatsiya qilinmoqda
1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi natijasida Qo‘rg‘ontepa aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Prezident Xalq qabulxonasi yordami bilan ko‘makka muhtoj yoshlarga issiqxona qurish uchun yer berildi
Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan ko‘plab murojaatlar asosida Kosonsoy tumanidagi 28 gektar yer maydoni 220 nafar kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj yoshlarga 8 sotokdan bo‘lib berildi.

Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini yumshatish bo‘yicha qarori chiqdi
30 apreldan boshlab, belgilangan vaqt oralig‘ida shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari yo‘lovchilar bilan birga, shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.

Koronavirusdan to‘qqizinchi o‘lim holati qayd etildi
29 aprel kuni toshkentlik 61 yoshli bemor o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining ish haqi 2,5 barobarga oshirildi
O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatida ishlaydigan 11 ming xodimning ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

Fuqarolarga shaxsiy avtomobillardan belgilangan vaqtda foydalanish uchun ruxst berildi
29 aprel kuni IIV matbuot kotibi 30 apreldan boshlab shaxsiy avtomobillardan belgilangan vaqt oralig‘ida ruxsat berilgani haqida ma’lum qildi.

“Obod qishloq” dasturi natijalari BMT va YeXHT vakillarini hayratga solmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihasining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Djon Makgregor Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida “Obod qishloq dasturi doirasida bunyod etilgan “Oltinko‘l” mahallasidagi yangi turar joy massivi bilan tanishdi.

Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish loyihasini muhokama uchun joylashtirildi
Toshkent hududidagi turar joylarning qurilishi past qavatli uylarni buzish hisobiga mo‘ljallangan.

Barcha hududlarda raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi
2020-2021 yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va bog‘chalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar 900 nafarga yetdi
Bugun, 28 aprel kuni Farg‘ona viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqdi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi
Ortiqcha to‘langan pensiyalar bo‘yicha 2020 yil 20 aprel holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi.

Beg‘araz yordam sifatida olingan mablag‘lar daromad solig‘iga tortilmaydi
“Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va ko‘mak” fondiga, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan yordam pullari uchun daromad solig‘i solinmaydi.

O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon qanchaga ko‘paydi?
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra qanchaga ko‘paygani haqida ma’lumot berdi. Aholi ko‘payishi sonining eng ko‘p ko‘rsatkichi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi
Saytda chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari rag‘batlantiriladi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlarining mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyenti 5 foizga oshirgan holda qo‘llanadi.

Jahon tan olgan universitet
“Plexanovka” universiteti BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining “Sifatli ta’lim” nominatsiyasi bo‘yicha jahonning 676 universiteti o‘rtasida 3-o‘rinni, Rossiya oliy ta’lim muassasalari orasida esa 1-o‘rinni egalladi.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas, o‘pka va yurak yetishmoqchiligidan vafot etdi
19 aprel kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda yotqizilgan va sun’iy nafas olish apparatiga ham olingan. 24 aprel kuni o‘tkir nafas, o‘pka va yurak yetishmoqchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 8 nafarga yetdi.