14-oktabr, chorshanba14:03Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari oshirildi

Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.

1 daqiqa o'qish366 marta o'qildi

“Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Ipoteka bo‘yicha boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratishga ruxsat berildi.

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari:

  • qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;
  • shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;
  • Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 million so‘mdan 264 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 million so‘mdan 352 million so‘mgacha oshiriladi.

Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi