14-oktabr, chorshanba10:41Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari rag‘batlantiriladi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlarining mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyenti 5 foizga oshirgan holda qo‘llanadi.

1 daqiqa o'qish1 753 marta o'qildi

“Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlarining:

  • lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va og‘ir sharoitlari uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdori tegishlicha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshiriladi;
  • mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyenti 5 foizga oshirgan holda qo‘llanadi.

Mazkur moddiy rag‘batlantirish choralari 2020 yilning 16 martidan boshlab, respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari rasman to‘xtatiladigan oy yakuniga qadar amal qiladi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlari uchun oylik lavozim maoshiga nisbatan 6 foiz miqdorida kunlik qo‘shimcha to‘lov, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa ustamalarni olish huquqi saqlanib qoladi.

Qarorga ko‘ra, Agentlikning markaziy apparatida Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish boshqarmasi tashkil etildi.

Qaror bilan Bosh davlat sanitariya vrachlariga karantin davrida, davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va boshqa xodimlarini jalb qilgan holda epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish huquqi berildi.

Karantin davrida vaqtinchalik otryadlar tarkibiga jalb etilgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyidagi mehnatga haq to‘lash tartibi, shartlari va miqdorlari saqlanib qoladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi