14-oktabr, chorshanba13:13Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Sardobadagi suv toshqinida ikki nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan

1 may kuni Sardoba suv omboridan suv chiqishi oqibatida toshqin yuzaga kelgan. Tezkor guruhi tarkibi evakuatsiya qutqaruv ishlariga jalb qilingan

1 daqiqa o'qish395 marta o'qildi

1 may kuni Sardoba suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning ikki nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Xusniddin Suyarov tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘ldi. Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi