14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining ish haqi 2,5 barobarga oshirildi

O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatida ishlaydigan 11 ming xodimning ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

1 daqiqa o'qish1 500 marta o'qildi

O‘zbekiston tibbiyot xodimlarining bugungi kunda koronavirusga qarshi olib borayotgan mashaqqatli va o‘ta mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim qarorni imzoladi. Bu haqda 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Fuqarolarimiz tomonidan shaxsiy avtotransportdan foydalanishga cheklovlarni yumshatish maqsadga muvofiq

Qarorga ko‘ra, sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

«Umuman, karantin qoidalarini o‘z vaqtida joriy etganimiz va xalqimiz unga sabr-toqat bilan amal qilayotgani tufayli ko‘plab tuman va shaharlarda infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymadik», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi