Yangiliklar

Toshkentda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
Mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyatning vakillik organlari rolini oshirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini manzilli hal etish jarayonida parlament samaradorligini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy qilishga doir takliflar ishlab chiqiladi.

Polsha Hukumati O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilmoqchi
Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Polsha Oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri bilan uchrashdi. Uchrashuvda M.Malag Polsha Hukumati xorijiy mamlakatlar, xususan, O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish bilan qarayotganini alohida ta’kidlagan.

Toshkentda Fix Price do‘konlar tarmog‘i ochilishi mumkin
“Best Prays” MChJ O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirgan. Ayni vaqtda Toshkentda xodimlarni saralab olish ishlari boshlangan.

Turkiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test yetkazib beradi
Turkiya O‘zbekistonga koronavirusni 99,6 foiz ishonchli aniqlaydigan test eksport qiladi. Bunaqa testdan Qirg‘iziston ham buyurtma bergan.

Talabalar biznes rejalarini amalga oshiruvchi biznes inkubator ishga tushdi
Talabalarga biznes rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi "YE Generator" biznes-inkubatori ish boshladi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yuqori o‘rinni egallagan 10 ta davlat
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning oxirgi 10 yildagi tashqi savdo aylanmasi qaysi davlatlar bilan amalga oshirilgani haqida ma’lumot berdi.

Ravon Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan yengil avtomobillar ro‘yxatiga kirdi
Joriy yil Qozog‘istonda Ravon Nexia R3 ko‘p sotildi. O‘tgan yilga solishtirganda bu yil 20 foiz yuqori ko‘rsatkichga erishilgan.

O‘zbekistonga muntazam parvozlarni bajarish bo‘yicha yangi yo‘riqnoma tasdiqlandi
Xorijiy aviatashuvchilar tomonidan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni bajarish bo‘yicha tasdiqlangan yangi yo‘riqnomaga ko‘ra, parvozlar jadvallari ko‘rib chiqiladi.

Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini nokautga uchratdi
O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini nakautga uchratdi.

Koronvirus yuqtirganlar soni ortib bormoqda
Xitoyda tarqalgan xavfli virus natijasida o‘lganlar soni bir yarim ming nafardan ortdi, kasallikdan tuzalganlar soni sakkiz ming nafarga yetdi.

O‘zbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya musobaqasida g‘olib bo‘ldi
Mental arifmetika bo‘yicha V Butunrossiya musobaqasida o‘zbekistonlik Muhammadyusuf Anvarov munosib o‘rin bilan taqdirlandi. U 4 yoshidan buyon mental arifmetika bilan shug‘ullanib keladi.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida robototexnika tanlovi o‘tkaziladi
Joriy yilning iyun oyida Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda robototexnika tanlovining final bosqichi bo‘ladi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar fevral so‘nggiga qadar anketa to‘ldirishlari talab qilinadi.

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini tashkil etildi
Prezidentining qarori bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tashkil etildi. Institutga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi

Konsullik ro‘yxatidan elektron tarzda o‘tish imkoni yaratildi
Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun interaktiv konsullik xizmatlari orqali konsullik ro‘yxatidan o‘tish imkoni yaratildi.

Shavkat Mirziyoyev: Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

10 ta OTM rektorlari lavozimga tayinlandi
14 fevral kuni 10 ta OTMlarga rektor tayinlandi. Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.

Surxondaryoda yangi tashkil etilgan tumanga hokim, prokurori va ichki ishlar boshlig‘i tayinlandi
Bandixon tumanida viloyat hokimi ishtirokida o‘tkazilgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi tumani hokimi tayinlandi.

Bojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish kiritish tartibi soddalashdi
Bojxona yuk deklaratsiyasiga (BYuD) o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish nisbatan soddaroq to‘ldiriladigan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatishning alohida elektron shakli orqali amalga oshiriladi.

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimidan ketdi
2018 yildan buyon “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimi faoliyat olib borayotgan Dilorom Tashmuxamedova lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekistonlik qiz Kolumbiya universitetining ilk o‘zbek professori bo‘ldi
Kolumbiya universiteti birinchi marta umr bo‘yi professorlik lavozimiga o‘zbekistonlik qiz – Aziza Shanazarovani tanladi.

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrif muddati ma’lum bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Rossiyaga tashrif buyuradi. Moskvadagi VDNX bog‘ida joylashgan "O‘zbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.

Mehnat migratsiyasiga oid O‘zbekiston-Janubiy Koreya kelishuvi imzolandi
Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun madaniy, ta’lim va maslahat berish loyihalari amalga oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev DXX bilan chegarani qo‘riqlash masalasini muhokama qildi
Prezident 13 fevral kuni DXX va Xavfsizlik kengashi apparati bilan o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish to‘g‘risida bir qancha topshiriqlar berdi.

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi
13 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish haqida aytib o‘tildi.