14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Mehnat migratsiyasiga oid O‘zbekiston-Janubiy Koreya kelishuvi imzolandi

Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun madaniy, ta’lim va maslahat berish loyihalari amalga oshiriladi.

1 daqiqa o'qish120 marta o'qildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi va Chxonan shahar chet ellik ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘rtasida Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun madaniy, ta’lim va maslahat berish loyihalarini to‘siqsiz amalga oshirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Kelishuv imzolandi.

Mazkur Kelishuvga muvofiq tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qiladi:

  • O‘zbekiston fuqarolari uchun koreys tili va boshqa o‘quv kurslarini tashkil etish tizimini yaratish;
  • madaniy tadbirlarni o‘tkazish va hamkorlikda zarur vazifalarni hal etish;
  • O‘zbekiston fuqarolariga maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish;
  • tomonlarning hamkorligi uchun zarur bo‘lgan boshqa masalalar.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi