14-oktabr, chorshanba10:42Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekistonlik qiz Kolumbiya universitetining ilk o‘zbek professori bo‘ldi

Kolumbiya universiteti birinchi marta umr bo‘yi professorlik lavozimiga o‘zbekistonlik qiz – Aziza Shanazarovani tanladi.

1 daqiqa o'qish519 marta o'qildi

O‘zbekistonliklar orasida ilk bor Aziza Shanazarova Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, ya’ni umrbod professorlik lavozimiga qabul qilindi.

Kolumbiya universiteti Ivy League toifasiga kirgan. Ayvi ligaga AQShdagi eng nufuzli 8 ta – Brown, Columbia, Cornell, Dartmouth college, Harvard, Princeton, Pennsylvania, Yale universitetlar kiradi.

Tenure track pozitsiyasiga professor va professor assistenti ishga olinib, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomasi universitet ma’muriyati tomonidan bekor qilinmaydi. Bunday shartnomaning asosiy maqsadi – olimning erkinligini (academic freedom) ta’minlashdir.

Aziza Shanazarova "Female religiosity and gender history in pre-modern Central Asia" (O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi) mavzusida AQShning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. U 2 ta yo‘nalishda (dinshunoslik va Markaziy Osiyo tarixi) PhD – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi