14-oktabr, chorshanba08:04Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrif muddati ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Rossiyaga tashrif buyuradi. Moskvadagi VDNX bog‘ida joylashgan "O‘zbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.

1 daqiqa o'qish53 marta o'qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi 2020 yil iyun oyining ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ma’lum qildi.

"So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi iyun oyining ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi va davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi davomida Rossiyaga oliy darajadagi tashrifni iyun oyining ikkinchi yarmida amalga oshirishga kelishib olgan edik", degan Ne’matov.

Ta’kidlanishicha, Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi juda qizg‘in kechadi. Xususan, tashrif doirasida mintaqaviy forum, ta’lim forumi va media forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Undan tashqari Moskvadagi VDNX bog‘ida joylashgan, yaqinda ta’mirdan chiqqan "O‘zbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi