14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Mental arifmetika bo‘yicha V Butunrossiya musobaqasida o‘zbekistonlik Muhammadyusuf Anvarov munosib o‘rin bilan taqdirlandi. U 4 yoshidan buyon mental arifmetika bilan shug‘ullanib keladi.

1 daqiqa o'qish108 marta o'qildi

Moskvada o‘tkazilgan mental arifmetika bo‘yicha V Butunrossiya musobaqasida Rossiya va MDH davlatlaridan kelgan 520 dan ortiq 5-14 yoshdagi bolalar o‘zaro bellashdi.

Rossiyaning “UCMAS” – Bolalar mental arifmetikasi markazi tomonidan tashkil etilgan musobaqa shartiga ko‘ra, ishtirokchilar 8 daqiqa oralig‘ida 200 ta arifmetik topshiriqni bajarish vazifasi berildi.

O‘zbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Anvarov bu vaqt oralig‘ida 120 ta arifmetik amallarni bajarib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

"Muhammadyusuf 6 yoshda, hali maktabga bormagan. U matematika bilan 4 yoshidan buyon shug‘ullanadi. 2018, 2019 yillarda ham ushbu musobaqada ishtirok etib, oltin medal bilan taqdirlangan edi", deydi Muhammadyusufning onasi Nozima Anvarova.​

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi