Barcha yangiliklar

Tovarlar va mahsulotlarni yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda sotish taqiqlanadi
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi
“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Aylanma sanoat suvini tozalashning yangi texnologiyasi yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari “Neftni qayta ishlash sanoatining aylanma suvlarini tozalash va yumshatish” texnologiyasini ishlab chiqdilar.

1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida xabar beruvchi "Huquqiy axborot kanali"da keltirilishicha 2020 yil 1 yanvardan quyidagi o‘zgarishlar kutilmoqda.

2020 yil bahorigacha Gruziyaga poyezd orqali yuk tashishni boshlash rejalashtirilmoqda
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 2020 yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi temir yo‘l tashuvchisi matbuot xizmati.
Birjada 993,9 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi
2019 yilning 16-22 dekabrlarida “O‘zRTXB” AJ da 993,9 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10% ga ko‘pdir. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 26% ga o‘sib, 476,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

UzAuto yangi to‘rtta modelni taqdim qiladi
“O‘zavtosanoat” 25 dekabr kuni Toshkentda Chevrolet'ning 4 ta yangi modelini taqdim etishini elon qildi. Bu haqda Spot nashri xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev YeXHT Parlament assambleyasi raisini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YeXHT PA) raisi Georgiy Seretelini qabul qildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Britaniya delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida London (Buyuk Britaniya)dagi PRISM tahlil markazi katta tahlilchisi T.Folmer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

CNN: “O‘zbekiston nega 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb e’tirof etilmoqda?“
CNN saytida “Nega O‘zbekiston 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb e’tirof etilmoqda?“ sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga bo‘lgan saylovlar natijasini O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov e’lon qildi.

Statistika qo‘mitasi tashqi savdo bo‘yicha 11 oylik statistikani e’lon qildi
2019 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 9,5 mlrd AQSh dollariga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga oshgan.
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga birinchi litsenziya berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligidan ma’lum qilishlaricha, kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya Koreyaning “Kobea Group” kompaniyasiga berildi.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti va Qozog‘iston universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi
Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti hamda Qozog‘istonning “Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universiteti” o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston 4,4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
Statistika qo‘mitasi tashqi savdo bo‘yicha 11 oylik statistikani e’lon qildi.

UzAuto Motors avtomobillarni berish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi
UzAuto Motors AJ 2019 yilning 23 dan 25 dekabrigacha yangi avtomobillarni xaridorlarga berishni vaqtinchalik to‘xtatadi.

Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan (1023-son, 20.12.2019 y.) Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori (1021-son, 20.12.2019 y.) bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

«O‘zbekneftgaz» va Janubiy Koreya kompaniyasi laboratoriya tashkil etdi
Janubiy Koreya kompaniyasi birlan hamkorlikda neft-gaz sohasida quvurlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona laboratoriya tashkil etildi.

Saylovning dastlabki natijalari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi
Markaziy saylov komissiyasi ertaga, 23 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlarning dastlabki natijalarini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 21 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi.

O‘zbekistonda TEAM universiteti ochiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “TEAM universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.