14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi

“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish194 marta o'qildi

“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (1027-son, 23.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MChJ shaklidagi “BMB-NRC Agrologistics” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.


2023 yil 1 yanvarga qadar:

  • O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan olib kelinadigan (tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha) xomashyo, uskuna, maxsus transport vositalari va texnika uchun bojxona to‘lovlari (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) to‘lashdan;

  • agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar - jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etildi.

Qaror bilan, shuningdek, “Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi