14-oktabr, chorshanba10:43Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

1 daqiqa o'qish1 285 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020 yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining tashrifi yakunlandi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi