# O'zbekiston

Karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlar va yolg‘on xabarlar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi
Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlarga, shuningdek, yolg‘on va tekshirilmagan xabar tarqatganlarlarga ham chora ko‘radi.

Navro‘z bayrami va ommaviy tadbirlar o‘tkazish bekor qilindi
Bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Navro‘z bayrami tantanalarini o‘tkazish va odamlar to‘planadigan tadbirlarni o‘tkazish bekor qilindi.

O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalariga vaqtidan oldin ta’til beriladi
Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi.

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurishni muhokama qildi
Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish masalasini o‘rganib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustda imzolangan Qo‘shma bayonotida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pog‘ona yuqoriladi
“Qonun ustuvorligi” indeksi bo‘yicha navbatdagi 2020 uchun hisobotida O‘zbekiston Respublikasi umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-o‘rinni egalladi.

Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxirasi miqdorini ma’lum qildi
Markaziy bank tomonidan O‘zbekistonning xalqaro zaxirasi miqdori ochiqlandi. Xalqaro zaxiralarning tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

"Raqamli Toshkent" tizimi ikki yil davomida sinovdan o‘tkaziladi
Keyingi yillarda dunyoda “raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda. Shu tajribadan kelib chiqib, “Raqamli Toshkent” tizimini joriy etish, uni ikki yil davomida sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri: O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalar
COVID-19 epidemiyasi iqtisodiyotning barcha sohalariga salbiy ta’sir qiladi, deydi ekspert Sergey Voronin

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.

Turkiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test yetkazib beradi
Turkiya O‘zbekistonga koronavirusni 99,6 foiz ishonchli aniqlaydigan test eksport qiladi. Bunaqa testdan Qirg‘iziston ham buyurtma bergan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yuqori o‘rinni egallagan 10 ta davlat
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning oxirgi 10 yildagi tashqi savdo aylanmasi qaysi davlatlar bilan amalga oshirilgani haqida ma’lumot berdi.

Ravon Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan yengil avtomobillar ro‘yxatiga kirdi
Joriy yil Qozog‘istonda Ravon Nexia R3 ko‘p sotildi. O‘tgan yilga solishtirganda bu yil 20 foiz yuqori ko‘rsatkichga erishilgan.

O‘zbekistonga muntazam parvozlarni bajarish bo‘yicha yangi yo‘riqnoma tasdiqlandi
Xorijiy aviatashuvchilar tomonidan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni bajarish bo‘yicha tasdiqlangan yangi yo‘riqnomaga ko‘ra, parvozlar jadvallari ko‘rib chiqiladi.

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini tashkil etildi
Prezidentining qarori bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tashkil etildi. Institutga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi

10 ta OTM rektorlari lavozimga tayinlandi
14 fevral kuni 10 ta OTMlarga rektor tayinlandi. Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.

Surxondaryoda yangi tashkil etilgan tumanga hokim, prokurori va ichki ishlar boshlig‘i tayinlandi
Bandixon tumanida viloyat hokimi ishtirokida o‘tkazilgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi tumani hokimi tayinlandi.

Bojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish kiritish tartibi soddalashdi
Bojxona yuk deklaratsiyasiga (BYuD) o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish nisbatan soddaroq to‘ldiriladigan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatishning alohida elektron shakli orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash islohotlar muvaffaqiyatining asosi
Ochiq ma’lumotlar ko‘lamining kengayib borishi o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan har qanday inson uchun ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash siyosatining bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi.

Mehnat migratsiyasiga oid O‘zbekiston-Janubiy Koreya kelishuvi imzolandi
Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun madaniy, ta’lim va maslahat berish loyihalari amalga oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev DXX bilan chegarani qo‘riqlash masalasini muhokama qildi
Prezident 13 fevral kuni DXX va Xavfsizlik kengashi apparati bilan o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish to‘g‘risida bir qancha topshiriqlar berdi.

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi
13 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish haqida aytib o‘tildi.

O‘zbek milliy taomlari Hindistondagi festivalda namoyish etilmoqda
Hindistondagi “Surajkund Mela” festivali doirasida o‘zbek milliy taomlari ham namoyish etilyapti. Hindistondagi “The Societe” restorani direktori o‘zbek taomlarini yoqtirib qoldi. Endi restoran menyusiga o‘zbek milliy taomlarini kiritadi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda trening o‘tkazdi
Vazirlik va idoralar mutaxassislarining qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha malakasi oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda “Milliy dastur va huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Uzbekistan Airways xodimlarining formasi 15 yil ichida keskin o‘zgardi
Uzbekistan Airways xodimlarining formasi o‘zgardi. Endi ular quyuq akvamarin va terrakota ranglaridan iborat formalarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.