# Ўзбекистон

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan va tuzalganlar soni 24 soatda qanday o‘zgaryapti?
Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 16 aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra 107 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlar soni esa 16 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra 135 taga ko‘payib, jami 1349 nafarni tashkil etdi. Bugun oldingi kunga nisbatan kasallanganlar soni qo‘shilishida kamayish kuzatildi.

Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda karantinning qancha davom etishi mumkinligini aytdi
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta ekanligini bildirdi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk marta 10 000 so‘mdan oshdi
Markaziy bank 16 apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra 1 AQSh dollari 427,64 so‘mga qimmatlagan.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan va tuzalganlar soni 24 soatda qanday o‘zgaryapti?
Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 15 aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra 99 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlar soni esa 14 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra 160 taga ko‘payib, jami 1214 nafarni tashkil etmoqda.

Bog‘ va tokzorlar, issiqxonalar aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi
Joriy 2020 yil qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uchun katta sinov va keng imkoniyatlar yili bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan 14 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishija bog‘ va tokzorlar, issiqxonalar aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan, 7 yilgacha lizing asosida berilishi ta’kidlandi. "Bu yil qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uchun katta sinov va keng imkoniyatlar yili bo‘ladi", dedi Prezident.

Taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydi
Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning 2020 yil 14 apreldagi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga asosan, O‘zbekistonda taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydigan bo‘ldi.

O‘zbekistonda 14 aprel soat 14:23 holatiga ko‘ra koronavirusdan kasallangan va tuzalganlar soni
Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 14 aprel kuni soat 14:23 holatiga ko‘ra 99 nafarni tashkil etmoqda. Bugunning o‘zida jami 14 nafar fuqaro tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni yuzga yaqinlashdi
Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 14 aprel kuni soat 14:27 holatiga ko‘ra 99 nafarni tashkil etmoqda. Bugunning o‘zida jami 14 nafar fuqaro tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi.

Yana to‘rt nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ular turli mamlakatlardan charter reys orqali vatanga qaytib kelishgan.

Yana ikki nafar bemor COVID-19ni yengdi
Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Naqd pul muomalasini qisqartirish choralari belgilanmoqda
Barcha turdagi korxona va tashkilotlar, shu jumladan byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari va pensiya to‘lovlari bank kartalari orqali to‘lanadi. Shuningdek, barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari oldida bankomatlarni joylashtiriladi.

Markaziy bank AQSh dollari kursining keskin oshishi borasida axborot berdi
Markaziy bank so‘nggi kunlardagi AQSh dollari kursining keskin oshishi borasida o‘z axborotni e’lon qildi. Markaziy bank so‘m almashuv kursining qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholamoqda.

Infografika: O‘zbekistonda COVID-19ga chalingan bemorlar sonining o‘sishi: 15 martdan 13 aprelga qadar.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 100taga oshdi va 896 nafarga yetdi.

AQSh Savdo vakili ofisi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga yordam beradi
Amerika tomoni fikriga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni koronavirus pandemiyasi davridan mamlakatning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha Ishchi guruhining 4-yig‘ilishiga yanada puxta va sifatli tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati sifatida foydalanishi mumkin.

Infografika: O‘zbekistonda 15 martdan 11 aprelgacha COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar soni
11 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 102 nafarga ko‘payib, kasallar soni 796 kishiga yetgan edi. 12 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 796 nafarni tashkil qilmoqda.

Banklar bergan kredit ta’tili avtokreditlar uchun ham amal qiladimi?
Karantin rejimiga to‘liq rioya qilish maqsadida mavjud 2,4 mln. qarzdor-jismoniy shaxslardan arizalarni qabul qilib olishga hamda ular bankka tashrif buyurishiga jismonan imkoniyat bo‘lmagani sababli jismoniy shaxslarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlar 2-3 oyga avtomatik tarzda kechiktirilib berildi.

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “VV-” darajasida saqlab qoldi
“Fitch Ratings” prognoz qilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 2% o‘sadi. Kelgusi yilda bu sur’at 6,8 foizga yetadi.

Infografika: O‘zbekistonda 15 martdan 10 aprelgacha COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar soni
10 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 70 nafarga ko‘payib, kasallar soni 694 kishiga yetgan edi. 11 aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 729 nafarni tashkil qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ayni vaziyatda uyda o‘tirgan fuqarolarga va o‘z burchini matonat bilan bajarayotgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi
Vatanimizda yashayotgan hech bir inson, hech bir oila davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va g‘amxo‘rligidan chetda qolmasligi kerak. Sabr-toqat bilan uyida va karantin maskanlarida o‘tirgan barcha fuqarolarimizga, shuningdek, o‘z burchini mardlik va matonat bilan bajarayotgan shifokorlarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman, dedi Prezident.

O‘zbekistonda rasmiy nishonlanadigan bayramlar soni bittaga ko‘paydi
10 aprel kuni Prezident tomonidan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” Qonun imzolandi. O‘zbekistonliklar uchun rasmiy dam olish bayrami yana bir kunga ko‘paydi.

YeOII bilan inetegratsiyalashuv jarayonlari parlament e’tiborida
Deputatlar tomonidan YeOIIga a’zo bo‘lishning foydali jihatlari, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar va xavf-xatarlar ham alohida o‘rganilishi belgilangan. Avvalambor, shuni hisobga olishimiz kerakki, YeOII biz uchun katta bozor va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi, deydi Oliy Majlis deputati Sharofiddin NAZAROV.

O‘zbekiston yil oxirigacha «GSP+» benefitsiar maqomini olishi mumkin
Joriy yilning oxirigacha Yevropa Ittifoqi tegishli so‘rovni yo‘naltirish hamda keyinchalikda «GSP+» tizimining benefitsiar maqomini olishi bo‘yicha O‘zbekiston tomoniga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Banklar omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi
Mamlakatda e’lon qilingan karantin tufayli barcha banklar kredit to‘lovlari muddatini 2-3 oyga uzaytirgan edi. Bugunga kelib, omonatchilarga qulaylik yaratish maqsadida, bir nechta bank tomonidan omonat foizlari saqlangan holda uzaytirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

O‘bekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi
Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida 36 pog‘onaga ko‘tarilgan.