Koronavirusdan tuzalganlar soni yuzga yaqinlashdi
Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 14 aprel kuni soat 14:27 holatiga ko‘ra 99 nafarni tashkil etmoqda. Bugunning o‘zida jami 14 nafar fuqaro tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi.

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Sog‘ayganlar Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Yana to‘rt nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafari Samarqand viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari joriy yil 28 mart kuni charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan sakkiz nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularning xastalikdan butkul forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.
Ayni paytda qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 99 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.



