# tuzalganlar

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1500 nafarga yaqinlashdi
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1454 nafarni tashkil etmoqda.

Koronavirusdan sog‘ayganlar 900 nafarga yetdi
Bugun, 28 aprel kuni Farg‘ona viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqdi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni yana uch nafarga ortdi
18 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan bir nafardan, jami 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular orasida 6 yoshli qizaloq ham bor.

Koronavirusdan tuzalganlar soni yuzga yaqinlashdi
Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 14 aprel kuni soat 14:27 holatiga ko‘ra 99 nafarni tashkil etmoqda. Bugunning o‘zida jami 14 nafar fuqaro tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi.

Yana to‘rt nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ular turli mamlakatlardan charter reys orqali vatanga qaytib kelishgan.