14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Banklar omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi

Mamlakatda e’lon qilingan karantin tufayli barcha banklar kredit to‘lovlari muddatini 2-3 oyga uzaytirgan edi. Bugunga kelib, omonatchilarga qulaylik yaratish maqsadida, bir nechta bank tomonidan omonat foizlari saqlangan holda uzaytirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

1 daqiqa o'qish103 marta o'qildi

Bugunga kelib, barcha tijorat banklari jismoniy shaxslar uchun kredit ta’tili e’lon qildi. 9 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham banklar shu kabi oddiy, lekin aholida ishonch va hurmat uyg‘otadigan yana ko‘plab tashabbuslar bilan chiqishi maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, “Masalan, muddati tugagan omonatlarning muddati uzaytirilib, bu haqda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsa, karantin vaqtida uyida o‘tirgan aholiga qulaylik yaratiladi"deb ta’kidlangan yig‘ilishda.

Banklar tomonidan omonatchilardan hech narsa talab qilinmasdan – shartnomani bir tomonlama barcha shartlari, shu jumladan, omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yo‘lga qo‘yilishi boshlab berildi.

Bugungi kunga kelib, ushbu amaliyotni joriy qilgan banklar:

  1. Ipotekabank;
  2. O‘zSanoatqurilishbank;
  3. Infinbank;
  4. Asakabank;
  5. Agrobank;
  6. Oriyent Finans bank;
  7. Hamkorbank.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi