14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Germaniyalik ishbilarmonlar noqulay tashqi omillarga qaramay, o‘z bizneslarini O‘zbekistonda davom ettirmoqchi

Germaniyalik ishbilarmonlar virus tarqalishidan kelib chiqqan noqulay tashqi omillarga qaramay, o‘z bizneslarini O‘zbekistonda davom ettirish va rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. 2020 yil uchun belgilangan 1,1 milliard yevro miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniya investitsiyalarini to‘liq o‘zlashtirishga kelishib olindi.

1 daqiqa o'qish69 marta o'qildi

Germaniyaning 30 ta yirik kompaniya va banklari – «Tissen Krupp», «Metro», «MAN», «Takraf», «Klaas», «Papenburg», «Falk Porshe Teknik», «Klaas», «Knauf», «Doyche bank», «Kommersbank», «Landesbank» va boshka bir qator korxona rahbarlari ishtirokida videokonferensiya muloqoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan Bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, germaniyalik hamkorlarga “Mangold Konsalting” kompaniyasi boshqaruv raisi K.Mangold rahbarlik qildi.

Muzokaralarda S.Umurzoqov mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqirozning salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan, investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va eksportyorlarni maqsadli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, germaniyalik ishbilarmonlar virus tarqalishidan kelib chiqqan noqulay tashqi omillarga qaramay, o‘z bizneslarini O‘zbekistonda davom ettirish va rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. Xususan, bugungi kunda «Kommersbank» va «Landesbank» kabi Germaniya moliya institutlari bilan hamkorlik faol olib borilmoqda.

Muloqot chog‘ida 2020 yil uchun belgilangan 1,1 milliard yevro miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniya investitsiyalarini to‘liq o‘zlashtirish, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi germaniyalik ishbilarmonlar bilan yaqin hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi