# hamkorlik

O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga tarixiy davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

O‘zbekiston va Ukraina o‘zaro savdo aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
Ikki mamlakat o‘rtasida kimyo, neft-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat, farmatsevtika, sanoat kooperatsiyasi sohasida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida hamda mashinasozlik, neft va gaz uskunalarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamladi
“O‘zbekgidroenergo” AJ va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 20 yil muddatga 55,8 million yevro ajratish to‘g‘risida zayom kelishuvi imzolagan.

Dunyodagi yirik do‘konlarni birlashtirgan «Inditex» kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi
Mahalliy to‘qimachilik korxonalari nafaqat tayyor trikotaj kiyim-kechak, balki shu bilan birga Zara Home brendi uchun uy to‘qimachilik mahsulotlari, shuningdek «Inditex” ning Lux brendlari uchun yuqori sifatli mahsulotlarni ham yetkazib berish imkoniyatiga ega ekanligini bildirgan.

O‘zbekiston va Singapur bosh vazir o‘rinbosarlari muhim hamkorlik to‘g‘risida kelishib olishdi
O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida yo‘lovchi va yuk qatnovlarini jadallashtirish, shuningdek, yuk tashish oqimlarini boshqarish va aviakompaniyalar faoliyatini takomillashtirish imkoniyati ham ko‘rib chiqildi.

EOII: hamkorlik sari qadam
YeOIIga kuzatuvchi sifatidagi ishtirokimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Bu kabi savollar ko‘pchilikni o‘ylantirishi tabiiy. Aytib o‘tish mumkinki, kuzatuvchi maqomidagi ishtirokimiz qaror qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etmasakda, bizga YeOIIning hamma ishchi organlarida bemalol fikr bildirish huquqini beradi, deydi iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev.

Germaniyalik ishbilarmonlar noqulay tashqi omillarga qaramay, o‘z bizneslarini O‘zbekistonda davom ettirmoqchi
Germaniyalik ishbilarmonlar virus tarqalishidan kelib chiqqan noqulay tashqi omillarga qaramay, o‘z bizneslarini O‘zbekistonda davom ettirish va rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. 2020 yil uchun belgilangan 1,1 milliard yevro miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniya investitsiyalarini to‘liq o‘zlashtirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Rossiya koronavirus pandemiyasi sharoitida investitsion va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash mexanizmlarini muhokama qildi
O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladigan yangi meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni konsolidatsiya qilish, saqlash, qayta ishlash va taqsimlash maqsadida ulgurji-distribyutorlik markazlarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni yaratish masalalari muhokama qilindi.