O‘zbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi tadbirkorlar murojaati uchun Help Business telegram botini ishga tushirdi
Tadbirkorlar karantin davrida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihasiga o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.

O‘zbekistonda Help Business | Uzbekistan telegram boti ishga tushdi. Korxonalar koronavirus pandemiyasi vaqtida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish bo‘yicha o‘z takliflarini yuborishlari mumkin.
"Hurmatli tadbirkor! Ushbu bot orqali Siz karantin davrida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlashga oid qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalariga taklif berishingiz mumkin", deyiladi botning tavsifida.



