# tadbirkorlar

Yevropa investitsiya banki tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadadi 100 mln dollar ajratadi
O‘zbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini favqulodda qo‘llab-quvvatlash maqsadadi “Yevropa investitsiya banki 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan kredit liniyasini taqdim etadi.

Tovar va xizmatlarni eksport qilgan korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i valyuta tushumini kutmasdan qaytarib beriladi
Xizmatlar bo‘yicha yillik tushumi 1 milliard so‘mdan kam bo‘lgan tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini chorak yakuni bo‘yicha to‘lash tartibi davom ettiriladi. Ushbu chora 8 mingdan ziyod tadbirkor ixtiyorida bir chorakda 220 milliard so‘m aylanma mablag‘ qolishiga imkon beradi. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Tadbirkorlarga “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar beriladi
1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi

Aholi va tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi
2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit beriladi
Kredit mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.

500 mingdan ortiq tadbirkorlar va 100 mingga yaqin aholiga 1,7 trillion so‘mlik ko‘mak beriladi
40 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi.

O‘zbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi tadbirkorlar murojaati uchun Help Business telegram botini ishga tushirdi
Tadbirkorlar karantin davrida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihasiga o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.

O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik ishbilarmonlar bilan aniq loyihalarni muhokama qildi
Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniya va bank rahbarlari bilan uchrashdi.