# Карантин

Navoiy viloyatining 4 ta hududi koronavirus o‘chog‘iga aylandi, Shofirkon qizil hududga kiritildi
Ayni paytda Navoiy viloyatida 119 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shofirkonda bitta oilaning 7 a’zosida koronovirus aniqlangan, tumanga kirib-chiqish to‘xtatildi.

Prezident: Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yo‘qqa chiqarishi mumkin
Bugungi videoselektor yig‘ilishi avvalida Prezident koronavirus bilan kasallanganlar soni oxirgi kunlarda ko‘payganini qayd etdi. Epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlar toifasini qayta ko‘rib chiqish, kunlik test olishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Koronavirusdan davolanayotgan bir bemor un 32 mln so‘m sarflanmoqda
Bugungi kunda mamlakatda virusdan davolanayotganlar soni 573 kishi bo‘lib, ularga sarflangan mablag‘ 18 mlrd 507 mln so‘mni tashkil etadi.

Nurmat Otabekov: Aholi orasida koronavirus aniqlangani sababli karantin choralari yanada murakkablashib ketishi mumkin
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bir muncha murakkab bo‘lib turibdi. Kuni kecha qayd etilgan 49 bemorning 36 nafari aholi orasidan aniqlangan.

Foydali karantin: COVID-19 pandemiyasi oliy ta’lim tizimini qanday o‘zgartiradi?
Jahon ekspertlari pandemiya tufayli joriy qilingan qat’iy karantin qoidalari ta’lim, jumladan oliy ta’lim uchun yangi imkoniyatlar yaratganini e’tirof etishmoqda.

Hududlar toifasiga qarab avtomobillarning harakatlanishiga bo‘lgan cheklovlar olib tashlanadi
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 18 maydan boshlab shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
18 may kunidan boshlab Respublikaning ayrim hududlarida avia va temir yo‘l qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi.

15 maydan boshlab ayrim faoliyat turlariga ruxsat beriladi
Amaldagi karantin talablari uzaytirildi, shu bilan birga ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Respublika maxsus komissiya axboroti: Amaldagi karantin talablari 1 iyunga qadar uzaytirildi
Ba’zi joylarda berilgan erkinlikni noto‘g‘ri tushunib, aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz ko‘chalarni to‘ldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi sababli hamda oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni yana oshdi. Bu esa amaldagi karantin talablarini uzaytirdi.

Endilikda O‘zbekiston uchun karantin cheklovlari yengillashadi
Ish haqi, nafaqa va pensiyalar karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatiladi.

Shavkat Mirziyoyev: “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilayotgani aytib o‘tildi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 nafarga yetdi
2020 yil 13 may soat 10:00 holatiga ko‘ra yana 21 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Yangidan kasallanish holatlarining 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olinganlar ichida tasdiqlangan.

Shavkat Mirziyoyev: Ertaga “yashil” viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas
Yana bir bor takrorlayman, har birimiz karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilib, o‘zimiz, yaqinlarimiz va xalqimizning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz zarur va shart, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

COVID-19 cho‘qqisi zabt etildi: Karantin choralarining ijobiy ta’siri
COVID-19 ning tarqalishi dinamikasiga ko‘ra, bemorlar soni doimo eksponensial egri chizig‘i bo‘ylab harakatlanmaydi va muayyan nuqtaga erishgach, pasayish kuzatiladi.

Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini yumshatish bo‘yicha qarori chiqdi
30 apreldan boshlab, belgilangan vaqt oralig‘ida shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari yo‘lovchilar bilan birga, shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.

Uy sharoitida karantinda saqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

O‘zbekistonda karantin muddati uzaytirildi
Respublika maxsus komissiyaning 2020 yil 20 aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari muddati uzaytirildi.

Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda karantinning qancha davom etishi mumkinligini aytdi
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta ekanligini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev: Biz karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat ko‘rib chiqamiz
Ta’kidlash kerakki, pandemiya va karantin bilan bog‘liq mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, xalqimiz tushkunlik va sarosimaga tushgani yo‘q. Albatta, biz yaxshi tushunamiz, uyda o‘tirish oson ish emas, lekin biz ayni paytda elimizning sog‘lig‘ini va hayotini saqlab qolish uchun eng maqbul vosita sifatida shu tavsiyaga amal qilishga majburmiz, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus yuqtirib olgan
O‘zbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m to‘lanadi.

Koronavirusga chalingan va karantinga olingan bemorlarni davolashga kirishgan shifokorlarning oyligi 25 million so‘mgacha oshirildi
Maxsus to‘lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan, joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to‘lab beriladi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m;

Namangan shahri ham karantinga olindi
Namangan shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Namangan shahridan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatildi.

Toshkentda 5 kun ichida koronavirusni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalar quriladi (video)
Toshkentning uchta hududida karantinga mo‘ljallangan kasalxonalarni qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari ushbu kasalxonalarni 5 kun muddat ichida bitkazish rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qildi.

Toshkent shahri va viloyatlarda maxsus karantin ob’yektlari quriladi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish maqsadida maxsus karantin ob’yektlari quriladi.