14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

15 maydan boshlab ayrim faoliyat turlariga ruxsat beriladi

Amaldagi karantin talablari uzaytirildi, shu bilan birga ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi.

1 daqiqa o'qish342 marta o'qildi

2020 yil 15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

“Qizil” toifadagi hududlarda:

  • yakka tartibdagi hunarmandchilik;
  • avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta’mirlash;
  • ijara va lizing xizmatlari;
  • buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish

“Sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

  • rieltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati;
  • xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
  • mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
  • park va istirohat bog‘lari (attraksionlar, ko‘ngilochar ob’yektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi.

“Yashil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

  • ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingohlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;
  • muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • veterinariya xizmatlari;
  • binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi