Xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi
Xalqaro yuk tashuvchi avtomobillar haydovchilari majburiy tartibda test topshiradi.

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bog‘liq quyidagi yangi tartiblar belgilandi:
- xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;
- xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari haydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test topshiradi.



