Faoliyatini davom ettiradigan ob’yektlarga qanday shartlar qo‘yilmoqda?
Respublika maxsus komissiyasi sanoat va yirik qurilish ob’yektlari faoliyatini davom ettirishlariga qo‘yilgan shartlarni bajarsagina ruxsat bermoqda.

Shu bilan birgalikda sanoat va yirik qurilish ob’yektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:
- tegishli ob’yektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;
- ob’yektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;
- sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob’yektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;
- ob’yektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
- xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta’minlash.



