“O‘zavtosanoat” AJ 1 milliard so‘mdan ortiqroq mablag‘ ehson qildi
“O‘zavtosanoat” AJ “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 1 milliard so‘mdan ortiqroq mablag‘ o‘tkazdi.

“O‘zavtosanoat” AJ va uning tizimidagi tashkilotlar “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 1 milliard so‘mdan ortiqroq mablag‘ o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.
"Avtomobilsozlik sohasi rahbarlari va korxonalar xodimlari bir kunlik ish haqlarini aholining muhtoj qatlamlariga oziq-ovqat, dori-darmon va gigiyena vositalarini xarid qilishlari uchun o‘tkazib berdilar", deyiladi xabarda.



