Siyosat

Issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi
20 maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 baravardan 30 baravargacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Qonunchilikda ko‘zda tutilmagan yangi qoidalar — yurtimizda yoshidan qat’iy nazar, katta yoshdagilar umri davomida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari qonun bilan mustahkamlanyapti.

Moddiy yordam oluvchilar soni qo‘shimcha 10 foizga oshiriladi
Pandemiya davrida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi.

Ayrim mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi
Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
Prezidentlar telefon orqali muloqot chog‘ida yangi xatarlar va umumiy tahdidlarni yengib o‘tish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini ta’kidladilar.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi uchun 66 ta 5 qavatli uy qurib beriladi
Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida dastlab Sardoba tumanida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ta’mirlanayotgan xonadonlarni kirib ko‘rdi, odamlar bilan suhbatlashdi.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi
O‘zbekiston hukumatining ijro etuvchi tuzilmasi yangilandi. Yangi lavozimlar joriy etildi, Bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi.

Propiska to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Davlat tashkilotida 5 yil ishlaganlar nafaqat o‘zlari balki oila a’zolarini ham Toshkent shahriga doimiy propiskaga qo‘yishi mumkin. Bu haqdagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Belgilangan tartibga ko‘ra, subsidiya oluvchi tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Tuman komissiyasi arizani ko‘rib chiqib, subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi.

Shavkat Mirziyoyev: “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilayotgani aytib o‘tildi.

Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi
Davlat Soliq qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat olib borgan Musayev Behzod Anvarovich o‘rniga Qudbiyev Sherzod Davlyatovich nomzodi ma’qullandi.

"Propiska" to‘g‘risidagi qonunga muhim o‘zgartishlar kiritildi
Fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo‘lgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy ro‘yxatga turish imkoniyati yaratilmoqda.

O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasi: Tarafdorlar va qarshilar nima deydi?
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasining YeOIIda “kuzatuvchi davlat” maqomida ishtirok etish taklifini ma’qullashdi. YeOII doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tarafdorlarining fikricha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini YeOIIga a’zo davlatlarga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirmasdan eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Qarshi ovoz bergan senatorlar iqtisodiyotimizning qator tarmoqlarida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi mumkinligini bildirdi.

Byudjet xarajatlari optimallashtiriladi
Parlament yuqori palatasi a’zolari to‘rtinchi yalpi majlis doirasida “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdi.

“Salomatlik” ordeni va “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etiladi
“Salomatlik” ordeni hamda “Sog‘lom turmush” medali bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi qutlug‘ ayyomda o‘z jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib ta’zim qilamiz (foto)
G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Marosimda urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar jam bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev: Tariximizning bir qismi bo‘lgan urush voqealarini bir joyda namoyon etadigan bunday maskan yo‘q edi – FOTOREPORTAJ
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyini ko‘zdan kechirdi. "Bu muzeyning paydo bo‘lishi adolatning tiklanishi demakdir. Tariximizning bir qismi bo‘lgan urush voqealarini bir joyda namoyon etadigan bunday maskan yo‘q edi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi (foto)
Davlatimiz rahbari 9 may kuni ushbu shonli sana munosabati bilan barpo etilgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev: Har bir rahbar o‘z ish uslubini o‘zgartirsa, qishloqda, mahallada o‘zgarish bo‘lsa, iqtisodiyot ham rivojlanadi
Shuncha sa’y-harakatlarimiz, qabul qilayotgan qarorlarimiz qishloqdagi oddiy odamlar hayotiga nima o‘zgarish olib kirayapti, daromadi ko‘paydimi, ishga joylashdimi, bolasi o‘qishga kirdimi, uyli-joyli bo‘ldimi, to‘yib ovqatlanayaptimi, toza suv ichyaptimi, degan savollar meni juda qiynaydi, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev: Ertaga “yashil” viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas
Yana bir bor takrorlayman, har birimiz karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilib, o‘zimiz, yaqinlarimiz va xalqimizning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz zarur va shart, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Senatning navbatdagi yalpi majlisida nimalar ko‘riladi?
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 11 may kuniga belgilandi. Yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta Qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi
Epidemiologik vaziyat yaxshilangani sari cheklovlarni bekor qilishni davom ettiramiz. Aksincha, vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev: Sardobadagi suv toshqinida 4 nafar fuqaromiz halok bo‘lgan, 1 nafari bedarak yo‘qolgan
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi, dedi Prezidentimiz.

O‘zbekistonda karantin rejimi asta-sekin yumshatiladi
Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak bo‘lmaydi. Chunki bu tartib iqtisodiyotimiz rivojiga va aholimiz hayotiga juda katta salbiy ta’sir qilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida.