14-oktabr, chorshanba14:05Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

“Salomatlik” ordeni va “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etiladi

“Salomatlik” ordeni hamda “Sog‘lom turmush” medali bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

1 daqiqa o'qish64 marta o'qildi

Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida “Salomatlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi hamda “Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama etildi.

Ushbu orden ikki darajadan iborat bo‘lib, I darajali “Salomatlik” ordeni bilan tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shganlar taqdirlanadi. II darajali orden bilan esa aholi salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning barvaqt oldini olish va bartaraf etishda faol ishtirok etgan shaxslar mukofotlanadi.

Xuddi shuningdek, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va badantarbiyani kundalik turmush tarziga aylantirib, jamoatchilikka shaxsiy namuna bo‘layotgan hamyurtlarimiz xizmatlari e’tirof etish maqsadida “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etilmoqda.

“Salomatlik” ordeni hamda “Sog‘lom turmush” medali bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

To‘rtinchi yalpi majlis kun tartibidagi mazkur qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi