Yangiliklar

1 AQSh dollari qariyb 12 so‘mga pastladi
Markaziy bank 27 oktyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi pasaydi, yevro va qozoq tengisi ko‘tarildi.

Yer muzlatkichdek keladigan asteroid bilan to‘qnashish xavfi ostida
Amerikalik astrofizik Nil Degrass Taysonning yozishicha, Yerga 2018VP1 asteroidi soatiga 25 mil (40 ming km) tezlik bilan yaqinlashmoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari qanday holatlarda fuqarolarning avtomobilidan majburiy foydalanishlari mumkin
Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning avtomobilidan majburiy foydalanganida transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.

Hududlarni rivojlantirish uchun 1,5 trln so‘m ajratiladi
Ushbu mablag‘lar hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchi navbatda, aholisi nisbatan zich joylashgan va qamrov darajasi past bo‘lgan aholi yashash punktlarida hamda yangi barpo etilayotgan massivlarda quriladi.

Kartoshka, piyoz, sabzi, guruch mahsulotlarining zaxira hajmlari belgilandi
Aholining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish haqidagi qarorga ko‘ra kartoshka, piyoz, sabzi, guruch mahsulotlarining respublika bo‘yicha jami zaxira hajmi 795 ming tonna etib belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar mahsulotlarining narxi keskin oshganini tanqid qildi
Keyingi yil maygacha har bir viloyat, tuman va shahar hokimida hudud aholisining go‘sht, tuxum, un, yog‘, shakar, guruch, kartoshka, sabzi va piyozga bo‘lgan ehtiyoji, bu mahsulotlarni qachon, qayerdan olish bo‘yicha aniq hisob-kitob bo‘ladi.

Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish ko‘paytiriladi
Avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari paxta va g‘alla maydonlaridan qisqartirilgan, takroriy ekin sifatida g‘alladan bo‘shaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi.

Ichki ishlar xodimi fuqarolarning pasportini tekshirishga haqlimi?
Ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirishga huquqiga ega.

O‘zbekiston kosmosdagi sun’iy yo‘ldoshlar orqali kuzatuvdan foydalanib, noqonuniy qurilmalarni tezkor aniqlashni yo‘lga qo‘yadi
15 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda mamlakatimizda yer ajratish va davlat kadastri sohasida korrupsiyaga yo‘l ochib berilgani Prezident tomonidan keskin tanqid qilindi. Sohada o‘zgarishlari kutilmoqda.

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqanini e’lon qildi
Prezident Sooronbay Jeenbekov: Men uchun Qirg‘izistonda tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalqimizning birligi va jamiyatdagi osoyishtalik hamma narsadan ustundir. Men uchun har bir vatandoshimning hayotidan azizroq narsa yo‘q.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov koronavirusdan tez va oson qutulish yo‘lini aytdi
Muammoning yagona va eng samarali yechimi sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi, dedi Alisher Shadmanov.

Milliy bankning ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi
Yevroobligatsiyalarning debyut emissiyasi O‘zmilliybank tomonidan xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Aziz Voitov 84 nafar xodimning mehmonxonada o‘tkazgan kunlari uchun byudjet mablag‘laridan bir so‘m ham ishlatilmaganligini izohlab berdi
Investitsiya va tashqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi Toshkent shahrida joylashgan Inter Hotel (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida 22 sutka yashab, 918 million 677 ming 500 so‘m to‘lov amalga oshirgani haqidagi xabarni vazirlik mas’ul xodimi izohladi.

O‘zbekiston anorlari Koreyada donasi 4 dollardan yuqori narxda sotilmoqda
O‘zbekistonda yetishtirilgan anorlar Koreyaning eng yirik supermarketida sotilmoqda. Ushbu anorlarning bir donasi 1 kg tosh bosadi.

O‘zbekiston va Rossiya tomonidan qiymati 5,8 milliard dollarga teng 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yig‘ilishining protokoli imzolandi.

Soliq organiga deklaratsiya topshirish orqali kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin
To‘lov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Maktablarda inklyuziv ta’lim joriy qilinadi
2021 yil 1 yanvardan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadlariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida mablag‘ ajratiladi.

Iste’molchilar kayfiyatini aniqlash bo‘yicha sentyabr oyi so‘rov natijalari e’lon qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi, u iste’molchilarning kayfiyatini aks ettiradi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash joriy etiladi
Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (334 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida 2030 yilga borib O‘zbekistonda kambag‘allikni ikki barobarga qisqartirish masalasi qo‘yilgan
12 oktyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xalqaro munozara klubi doirasida “Pandemiya davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: O‘zbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusidagi ikkinchi uchrashuvini tashkil etdi.

Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Xalq deputatlari isitish mavsumini qachondash boshlash masalasini o‘rganib chiqib, bir qarorga kelishdi.

Shavkat Mirziyoyev Sardoba voqeasida jabr ko‘rganlar uchun barpo etilgan uylarni borib ko‘rdi (+foto)
Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatning o‘z ko‘chasi bor, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sherzod Saparov: “Temir daftar”ga kiritish paytida mahalla raislari muayyan yordam oluvchilarni e’tiborsiz qoldirgan
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi o‘rinbosari Sherzod Saparov “temir daftar”ga kiritish paytida mahalla xodimlari va sektorlar rahbarlari bir necha yil davomida to‘plangan mol-mulk (transport vositalari, ko‘chmas mulk va boshqalar) asosida moddiy ahvolni baholashgani, ular oilalarning daromadsiz qolganini inobatga olishmagani haqida gapirdi.