14-oktabr, chorshanba10:39Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Yer muzlatkichdek keladigan asteroid bilan to‘qnashish xavfi ostida

Amerikalik astrofizik Nil Degrass Taysonning yozishicha, Yerga 2018VP1 asteroidi soatiga 25 mil (40 ming km) tezlik bilan yaqinlashmoqda.

1 daqiqa o'qish255 marta o'qildi

Yerga asteroid bilan to‘qnashish xavf solmoqda. Amerikalik astrofizik Nil Degrass Taysonning aytishicha, muzlatkichdek keladigan asteroid Yerga AQShda prezident saylovlari o‘tishidan bir kun oldin tushishi mumkin.

“Muzlatkichdek keladigan 2018VP1 asteroidi biz tomon soatiga 25 mil (40 ming km) tezlik bilan yaqinlashmoqda. U Yer bilan prezident saylovlaridan bir kun oldin – 2 noyabrda to‘qnashishi mumkin”, deb yozgan olim Instagram’dagi o‘z akkauntida.

Taysonning ta’kidlashicha, bunday o‘lchamdagi asteroid katta ziyon yetkazmaydi.

“Agar qiyomat qoyim 2020 yilda yuz bergudek bo‘lsa, bu fazo aybi bilan yuz bermaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan olim.

Avgustda NASA 2018 VP1 asteroidi 2 noyabr soat 20:33da Yerga minimal masofaga yaqinlashishini ma’lum qilgan. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, samo jismi sayyoramizdan 384 ming km uzoqlikda uchib o‘tadi. O‘shanda ta’kidlanganidek, asteroidning Yer atmosferasiga kirishi ehtimoli 240tadan bittani yoki 0,41 foizni tashkil qiladi.

Asteroid 2018 yil 3 noyabrda ochilgan. U harakatlanish yo‘nalishi Yer orbitasini kesib o‘tuvchi “Appolon” asteroidlar guruhiga kiradi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi