14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Ichki ishlar organlari xodimlari qanday holatlarda fuqarolarning avtomobilidan majburiy foydalanishlari mumkin

Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning avtomobilidan majburiy foydalanganida transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.

1 daqiqa o'qish145 marta o'qildi

Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagi holatlarda sizning avtomobilingizdan majburiy tartibda foydalanishi mumkin:

  • tabiiy ofat yuz bergan joyga borish;
  • shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish;
  • jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish;
  • hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borish uchun.

Bu holatda, transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi