Yangiliklar

Chekka hududlardagi qishloq vrachlik punktiga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘i beriladi
Chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘in tibbiyot tizimi uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘inga ishga kirgan tibbiyot xodimlari xizmat uyi bilan ta’minlanadi yoki ijara to‘lovi kompensatsiya qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev: Tibbiyot xodimlari ularga tegishli bo‘lmagan birorta qo‘shimcha ishlarga jalb qilinmaydi
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidagi muammolar tahlil qilinmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori O.Hakimovning "Kun.uz"ga bergan intervyusiga sharhi (+video)
"Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi barcha ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari bilan konstruktiv muloqotga tayyor. Biz mamlakatimizdagi har bir jurnalist va bloggerning fuqarolik pozitsiyasini va ochiqligini hurmat qilamiz", - deyiladi markaz rasmiy bayonotida.

"Chiroyli" avtomobil raqamlari arzon narxda auksionga qo‘yiladi
Auksionga qo‘yiladigan "chiroyli" avtomobil raqamlarining boshlang‘ich narxlari Toshkent shahrida 300 ming so‘mdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 200 ming so‘mdan boshlanadi.

Suyakli mol go‘shti 60 ming so‘mgacha, qo‘y go‘shti 75 ming so‘mgacha sotilmoqda
Davlat statistika qo‘mitasi Markaziy dehqon bozorlaridagi 3 noyabr kuni kuzatilgan oziq-ovqat narxlarini keltirdi.

Xodimning roziligisiz ish haqidan ushlab qolish mumkinmi?
Ish haqidan ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimning ish haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim.

Barcha uchun bir xil o‘yin qoidalari: xufyona iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosati
Xufyona iqtisodiyot o‘zi nima? Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Bosh ilmiy xodimi Baxtishod Xamidov xufyona iqtisodiyot haqidagi tahlillarini keltirdi. Shuningdek, xufyona iqtisodiyot bilan qanday kurashish samarali natija berishi haqidagi fikrlar ilgari surilgan. Maqolada xufyona iqtisodiyotning yaxshi va yomon tomonlari atroflicha ochib berilgan.

O‘zbekistonda BAAga ishlash istagida bo‘lganlarni tayyorlovchi markaz ochilishi rejalashtirilmoqda
BAAning «TAD-BEER» markazi uy xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy ishchilarni jalb qilish, yollash va vizalarni rasmiylashtirish bo‘yicha keng qamrovli xizmatlarni amalga oshiradi.

Kam ta’minlanganlar, ehtiyojmand oilalar uchun uy-joy olish tartiblari haqida bilasizmi?
Kam ta’minlanganlar, ehtiyojmand oilalar uy-joy olish uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qancha meva va sabzavotlar eksport qilgan?
Joriy yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston tomonidan eng ko‘p eksport Qozog‘iston va Rossiya davlatlari amalga oshirilgan.

Hamid Nayrobodiy: Eron va O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng to‘g‘ri yo‘l
Eronning O‘zbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

O‘zbekiston va Ukraina o‘zaro savdo aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
Ikki mamlakat o‘rtasida kimyo, neft-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat, farmatsevtika, sanoat kooperatsiyasi sohasida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida hamda mashinasozlik, neft va gaz uskunalarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan o‘tkazilmoqda
Pilot loyiha 2019 yilda Nobel mukofoti sovrindorlari Abxijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremer metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, u dala tadqiqotlari orqali kambag‘allikni kamaytirish samaradorligini baholaydi. Pilot loyihasining birinchi natijalari:

Obid Hakimov: Aholining qo‘liga pul berish kambag‘allikdan chiqarishda yaxshi samara bermaydi
Kambag‘allikdan o‘zidan o‘zi daromad bilan chiqib ketish qiyin. Masalan, kimgadir pul bersam, u o‘z sohasi, sog‘lig‘i, uyidagi muhit, farzandlari sog‘lig‘i va ta’limiga e’tibor qaratmasa, o‘zini kambag‘allikdan chiqarish ustida ishlamasa, ertaga yana kambag‘allik qopqoniga tushib qolaveradi. Shuning uchun, kambag‘allikni qisqartirishga kompleks yondashish kerak, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

Oltin quymalar sotuvga chiqarildi
Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chmqariladi.

Respublika bo‘yicha eng qimmat palov Toshkent shahrida qayd etildi
Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatimiz bo‘yicha palov narxlarini e’lon qildi.

O‘zbekiston 11 ta mamlakatga karam eksport qildi
Joriy yilning 9 oyi davomida eksport qilingan karamlarning asosiy qismi Surxondaryo viloyati hududiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p karam eksporti Qozog‘iston va Rossiya davlatiga amalga oshirilgan.

Birjada shakar va paxta yog‘ining narxi tushdi
O‘tgan haftada Birjada paxta yog‘ining narxi 4,4%ga, shakar esa 9,7%ga pastladi. Birjaning sement bozorida narxlarning pasayish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari ko‘tarildi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindoriga 50 ming AQSh dollari beriladi
Mukofot 2 yilda bir marta 3 yo‘nalish bo‘yicha beriladi. Mukofotga sazovor bo‘lganlarga 50 ming AQSh dollari ekvivalentidagi bir martalik pul mukofoti topshiriladi.

Markaziy bank joriy hafta uchun valyuta kurslarini e’lon qildi
Markaziy bank 3 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi ko‘tarildi, yevro va qozoq tengisi pastladi.

Yangi tartiblar, oshirilayotgan maoshlar va bekor bo‘layotgan imtiyozlar: 1 noyabrdan nimalar o‘zgardi?
Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi.

O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan
O‘tgan yilga nisbatan O‘zbekistonga joriy yilda xorijdan ko‘proq avtomobil keltirilgan. Eng ko‘p avtomobil Xitoydan import qilingan.

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya
Yevropa mehnat muhojirlari orasida eng jozibador manzil hisoblanadi. 2019 yil holatida mintaqa 82 million muhojirni qabul qilgan bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarni Shimoliy Amerika (59 million), Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyo mamlakatlari (49 million) egallagan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi nima uchun go‘sht narxi oshganini e’lon qildi
Sentyabr oyida go‘sht mahsulotlarining narxida o‘sish kuzatildi. Go‘sht narxining o‘zgarishiga yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi sabab bo‘lgan.